
ISHGA TAKLIF
Qarshi davlat universiteti quyidagi bo‘sh (vakant) o‘qituvchi-stajyor lavozimlariga tanlov e’lon qiladi
Davolash va pediatriya ishi kafedrasi Pediatriya mutaxassisligi bo‘yicha (1), Travmatologiya mutaxassisligi bo‘yicha (1), Umumiy xirurgiya mutaxassisligi bo‘yicha (1), Normal anatomiya mutaxassisligi bo‘yicha (1), Tibbiy bioximiya, vrach laborant mutaxassisligi bo‘yicha (1), Patologik anatomiya mutaxassisligi bo‘yicha (1), Normal fiziologiya mutaxassisligi bo‘yicha (1), Onkologiya mutaxassisligi bo‘yicha (1), Terapiya mutaxassisligi bo‘yicha (2), Endokrinologiya mutaxassisligi bo‘yicha (1), Neyroxirurgiya mutaxassisligi bo‘yicha (1), Nemis tili va adabiyoti kafedrasi (5), Fransuz tili va adabiyoti (2) kafedrasi o‘qituvchi-stajyor lavozimiga.
Lavozim uchun malakaviy talablar:
Oliy ma’lumoti haqidagi diplomlar (diplom ilova) nusxalari;
Tegishli ixtisoslik bo‘yicha ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga (dotsent), (professor) shuningdek, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (PhD), fan doktori (DSc) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja va unvonlarga ega bo‘lish;
Zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim hamda ko‘nikmalar (pedagogik mahorat, jamoa va talabalar bilan ishlay olish)ga ega bo‘lish;
Tanlovda nomzodlarga ustuvorlik beriladigan alohida jihatlar:
- Mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro reytinglarda (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) e’tirof etilgan nufuzli (TOP-1000) oliy ta’lim muassasasini tamomlagan yoki unda faoliyat yuritganlik;
- Xalqaro reytinglarda (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) e’tirof etilgan nufuzli (TOP-1000) oliy ta’lim muassasasida malaka oshirgan yoki stajirovka o‘taganlik;
- Xalqaro loyihalarda rahbar yoki a’zo sifatida ishtirok etganlik;
- Sertifikatiga ega bo‘lishi lozim (B2, C1, C2);
- SCOPUS ва WEB OF SCIENCE bazalariga kiritilgan nufuzli jurnallarda maqola chop etganlik va “h-index”ga egalik;
- Ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga egalik.
Izoh:
2025/2026 o‘quv yili uchun pedagog xodimlarni ishga qabul qilish jarayonining birinchi bosqichida nomzodlarning hujjatlari ishchi guruh tomonidan o‘rganib chiqiladi hamda talabgorlar bilan suhbat tashkil etiladi.
Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
- Rektor nomiga ariza.
- Shaxsiy varaqa (Ma’lumotnoma)
- Oliy ma’lumoti, ilmiy darajasi va ilmiy unvonlari haqidagi diplomlar (diplom ilova) nusxalari.
- Ilmiy ishlar ro‘yxati
- Malaka oshirganligi to‘g‘risida guvohnoma.
Hujjatlar gazetada e’lon chop qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida qabul qilinadi.
Manzil: 180103. Qarshi shahri Ko‘chabog‘ ko‘chasi 17-uy.
Telefon: (75) 221-02-10, 221-02-18. Elektron pochta: kardu@umail.uz
Eslatma:
1.Ushbu e’lon Qarshi davlat universitetiga yangi ishga qabul qilinayotganlar uchun amal qiladi.