Vazir o‘rinbosari doktorantlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

21-Dekabr 2024, 16:55
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O.Mahkamov viloyatda faoliyat olib borayotgan doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar bilan uchrashib, samimiy muloqot qildi. Yig‘ilishda ilmiy rahbarlar bilan faol ishlash, nufuzli xalqaro jurnallarda maqolalar e’lon qilish, tajriba-sinov jarayonlarining tashkil etilishi, qisqa muddatli stajirovkalarga yuborish, ilmiy-innovatsion va startap loyihalar, O‘zbekiston Milliy arxivdan foydalanish hamda hujjatlarni elektron shaklda olish kabi ko‘plab masalalar haqida so‘z bordi. 

Shuningdek, dissertatsiya mavzularining yurtimizda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlarining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi, ilmiy nashr ishlari, ilmiy seminarlarga oid muhim masalalar muhokama qilindi. Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda tadqiqotchilarni qiynayotgan muammolar, takliflar tinglandi, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha va batafsil javob berildi.