Hamkor OTM o'qituvchisi universitet talabalariga dars o'tdi

2-Dekabr 2024, 05:43
Universitet yangiliklari

2024-2025 o‘quv yilida shartnomaga mufoviq fakultetning 30 nafar talabalari ilk bor akademik mobillik asosida hamkor OTM - Rossiyaning Privoljsk tadqiqot tibbiyot universitetiga 4-5-6-kurslarda o‘qishlarini davom ettirish maqsadida yuborildi. Hozirgi kunda talabalar tibbiyot ilmi va klinik mashg‘ulotlarining ilg‘or tajribalarini dars jarayonida o‘rganib kelmoqdalar. Joriy o‘quv yilida, shuningdek, Qarshi davlat universitetiga Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti professor-o‘qituvchilarining  akademik mobilligi asosida tashrifi  rejalashtirilganligi sababli, 25-noyabrdan tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Tatyana Vladimirovna Maxrova mikrobiologiya fanidan Xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlari fakulteti davolash ishi, pediatriya ta’lim yo‘nalishlari talabalariga ma’ruza, master-klass, amaliy mashg‘ulotlar o‘tmoqda. Qolaversa, hamkor OTM o’qituvchisiga Tibbiyot fakultetining dars jarayonlari ham tanishtirildi. Akademik mobillik asosida tashkil etiladigan oquv mashg‘ulotlar 2025-yil mart oyida ham davom ettiriladi.