Konstitutsiya — farovon hayot garovi

7-Dekabr 2024, 09:24
Universitet yangiliklari

Ko‘hna zaminimiz odamlari ko‘nglida ustuvor bo‘lgan adolat, haqiqat, olijanoblik, bag‘rikenglik, mardlik, tantilik kabi ulug‘ xislatlar Konstitutsiyamizdan munosib o‘rin olgan. U umuminsoniy g‘oyalar – tenglik, erkinlik, birodarlik, xalqlar va millatlararo do‘stlik, mamlakat va dunyo barqarorligi kabi eng ulug‘ g‘oyalarga xizmat qiladi. Ayni kunlarda Qarshi davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan, Xorijiy tillar, Filologiya, Sport, Tarix fakultetlari, shuningdek, Maktabgacha ta’lim, Texnologik ta'lim kafedralari tomonidan “Konstitutsiya — farovon hayot garovi” mavzusida o‘tkazilgan tadbirlarda Bosh qomusimizga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar, rivojlanish bosqichlari hamda bugungi kunda tutgan o‘rni haqida keng ma’lumotlar berildi. Talabalar tomonidan Konstitusiyamizni tarannum etuvchi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi, qo‘shiq va sherlar ijro qilindi. Tadbirlarda faol ishtirok etgan qatnashchilar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.