Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 21–23-may kunlari “TUIT Bright Future Week” tanlovlar haftaligi doirasida “United Clean Coders” xakatoni bo‘lib o‘tadi.
Unda barcha oliy ta’lim muassasalarining talabalari jamoa bo’lib qatnashishlari mumkin. Har bir jamoada 3 nafar a’zo bo‘lishi va loyihalar “GitHub” platformasida yaratilishi talab etiladi.
Xakaton uch bosqichda o’tkaziladi:
1-bosqich – ishtirokchi va jamolarni 20-maygacha ro‘yxatdan o‘tkazish. Online ro‘yxatdan o‘tish
2-bosqich – ishtirokchilar tekshiruv ro‘yxatini shakllantirish, jamoalar va g‘oyalar tanishuvi, 21-may (offline).
3-bosqich – jamoalar tomonidan yaratilgan loyihalar MVP ko’rinishi, yakuniy taqdimot va baholash.
Loyihalarni ishlab chiqish va baholashda “Clean code” tamoyillariga alohida e’tibor beriladi.
Xakaton o‘tkazilish joyi: TATU, E binosi, 202, 301, 205 va 207-xonalar.
Mo‘ljal: Bodomzor metrosi.
Murojaat uchun: +998 33 100 22 75 (9:00 dan 18:00 gacha)
Call-markazi: (33) 573-22-31
Savol-javoblar va guruh topish uchun: @ucc_hackathon_community ga qo‘shiling.