Qarshi davlat universiteti quyidagi bo‘sh (vakant) kafedra mudiri, professori, dotsenti, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi-assistent lavozimlariga tanlov e’lon qiladi

27-Aprel 2024, 04:32
E’lonlar

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, O‘zbek mumtoz adabiyoti  kafedralari mudiri lavozimiga;

         O‘zbek mumtoz adabiyoti (1) kafedrasi professori lavozimiga;

Fakultetlararo ingliz tili  (1),  Milliy g‘oya,  ma’naviyat  asoslari  (2), O‘zbek mumtoz adabiyoti  (1), Maktabgacha ta’lim (1), Boshlang‘ich ta’lim (1),  Psixologiya (1), Texnologik ta’lim   (1), Jismoniy tarbiya va sport (1), Organik kimyo  (1), Falsafa va sotsiologiya (1), O‘zbek tilshunosligi (1)  kafedralari dotsenti lavozimiga;

Yangi o‘zbek adabiyoti va adabiyot nazariyasi (2), Musiqa ta’limi (1), Fakultetlararo ingliz tili (2), Ingliz tili va adabiyoti  (1), Jismoniy tarbiya va sport (1), kafedralari katta o‘qituvchisi lavozimiga;

Musiqa ta’limi (1), Rang tasvir va amaliy san’at  (1),  Ingliz tili o‘qitish metodikasi va amaliyoti (1),  Sport faoliyati  (1), Davolash va pediatriya ishi  (1), Fiziologiya (1), Agrokimyo va ekologiya (1) kafedralari o‘qituvchi-assistent lavozimiga.

Lavozim uchun malakaviy talablar:

1. Oliy ma’lumoti, ilmiy darajasi va ilmiy unvonlari haqidagi diplomlar (diplom ilova) nusxalari; 

2. Tegishli ixtisoslik bo‘yicha ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga (dotsent), (professor) shuningdek, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (PhD), fan doktori (DSc) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja va unvonlarga ega bo‘lish;

3. Zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim hamda ko‘nikmalar (pedagogik mahorat, jamoa va talabalar bilan ishlay olish)ga ega bo‘lish;

Tanlovda nomzodlarga ustuvorlik beriladigan alohida jihatlar:

1. Mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro reytinglarda (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) e’tirof etilgan nufuzli (TOP-1000) oliy ta’lim muassasasini tamomlagan yoki unda faoliyat yuritganlik;

2. Xalqaro reytinglarda (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) e’tirof etilgan nufuzli (TOP-1000) oliy ta’lim muassasasida malaka oshirgan yoki stajirovka o‘taganlik;

3. Xalqaro loyihalarda rahbar yoki a’zo sifatida ishtirok etganlik;

4. IELTS/TOEFL sertifikatiga egalik (B2, C1, C2);

5. SCOPUS va WEB OF SCIENCE bazalariga kiritilgan nufuzli jurnallarda maqola chop etganlik va “h-index”ga egalik;

Manzil: 180103. Qarshi shahri Ko‘chabog‘ ko‘chasi 17-uy. Telefon: 225-34-13, faks: (0 375) 221-00-56. Elektron pochta: kardu@umail.uz