DIQQAT E'LON !

20-Noyabr 2024, 06:18
E’lonlar

AXBOROT XATI

“O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisining 2024-yil 26-iyundagi 15-son bayonnomasi va ilovalarida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”ning talablari ijrosiga bagishlangan “Yangi Ozbekistonda oliy ta’lim muassasalarning yoshlarga “halollik vaksinasi”ni singdirishdagi ahamiyati” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman oflayn va onlayn shaklida (internet platformaga asoslangan videokonferensiya formatida, identifikatsiya raqami va ulanish uchun parol qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi) o‘tkaziladi. 

Anjuman, Qarshi davlat universitetida 2024-yil 6-dekabr  kuni soat 11-00 da, “9-dekabr – Xalqaro Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bagishlab o‘tkaziladi. 

Ilmiy-amaliy anjumanning asosiy maqsadi, Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ilmiy, uslubiy va amaliy ishlanmalarni ishlab chiqish, erishilgan yutuqlar va tajriba almashish, ta’lim sohasidagi xodimlarning ushbu boradagi bilimlarini oshirishga mo‘ljallangan yagona echimlarni ishlab chiqishdan iborat.

 Anjumanga yuborilgan ilmiy maqola va tezislar elektron to‘plam shaklda chop etiladi. 

Ushbu anjumanda o‘z maqolalari va tezislari bilan mahalliy olimlar, oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari, amaliyotchi mutaxassislar, ilmiy tadqiqot institutlari xodimlari, doktorant va mustaqil tadqiqotchilar, magistratura va bakalavriat talabalari ishtirok etishlari mumkin. 

Ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

 - ogzaki ma’ruza bilan chiqish, ko‘rgazmali ma’ruza, ma’ruzalarni muhokamasida ishtirok etish, bahs-munozaralar; 

- ilmiy maqola va tezis nashri. 

Ilmiy-amaliy anjuman ish olib boradigan til – o‘zbek, rus. 

Ilmiy-amaliy anjumanning asosiy mavzulari: 

1-sho’ba: Oliy ta’lim muassasasida “halollik vaksinasini” shakllantirish usullari va amaliyotlari.

2-sho’ba:  “halollik vaksinasi” - to‘g‘ri tarbiya va ta’limning mevasi. 

3-sho’ba:  Davlat xizmatchilari “halollik vaksinasi” bilan emlanadi.  

4-sho’ba: «halollik vaksinasi» bilan emlangan yangi avlodni tarbiyalash ustuvor vazifamizdir

Ilmiy maqola va tezislarni qabul qilish bo‘yicha talablar: 

1) Ilmiy maqolaning tarkibi quyidagilardan iborat bo‘lishi shart: 

- tadqiqotning dolzarbligi, mavzu doirasida mavjud muammolar. 

- muammoni hal qilish yo‘llari. 

- ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar. 

- kutilayotgan samara.

2) Ilmiy maqola va tezislar jiddiy tahrir qilingan va rasmiylashtirishning barcha texnik talablariga muvofiq bo‘lishi zarur, jumladan: 

- matn muharriri - MS Word formatida yozilishi; 

- sahifa - A4 o‘lchovida, kitob ko‘rinishida, barcha tomonlardan 20 mm qoldirilishi; 

- shrift - Times New Roman, o‘lchovi (kegl) - 14; 

- qator oralig‘i va xat boshidagi oraliq - 1,5; 

- annotatsiya (Abstract) 250-300 so‘z atrofida va tayanch iboralar (Keywords) 5-8 ta iboradan oshmasligi hamda ikkita tilda (o‘zbek, rus tillarida) bo‘lishi; 

- ilmiy maqola va tezisning hajmi minimum 5 bet va maksimum 8 betdan oshmasligi, betlar raqamlanmasligi; 

- ilmiy maqola oldin chop etilmagan, konferensiya yo‘nalishlariga oid dolzarb mavzularni qamrab olgan bo‘lishi; 

- muallifning to‘liq familiyasi, ismi va sharifi, ilmiy darajasi va unvoni, lavozimi, ilmiy muassasa va tashkilot nomi yuqori o‘ng burchakda, ilmiy maqola nomi esa o‘rtada (qalin harflar bilan) yozilishi; 

- mualliflar soni uch nafardan oshmasligi; 

- maqola matnida kirish (dolzarbligi), ilmiy izlanishlar va uslublar, tadqiqot natijalari va uning muhokamasi, xulosa va adabiyotlar ro‘yxati bo‘lishi; 

- barcha jadval, sxema va rasmlar MS Word formatida, Times New Roman shriftida, ularning nomi sxema va rasmlar pastida, jadvallarning nomlanishi esa tepasida yozilishi; 

- barcha grafik, diagrammalar MS Excel formatida bo‘lishi; 

- jadval, rasm va grafiklarda manbalar va matnda ularga havolalar ko‘rsatilgan bo‘lishi; 

- foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati standart talablari asosida rasmiylashtirilishi; 

- havola (snoska)lar har bir betning pastki qismida joylashtirilishi kerak. 

Ilmiy maqola va tezislar o‘zbek yoki rus tillarida taqdim etilishi mumkin. 

Bir muallif (hammualif)dan 4 (to‘rt) nusxadan ortiq maqola qabul qilinmaydi. 

3) Ilmiy maqola va tezislar anketani to‘ldirilgan holda elektron shaklda (91-953-72-79) telegram raqamiga 2024-yilning 2-dekabr kuniga qadar yuborilishi zarur. 

4) Yuborilgan ilmiy maqola va tezislar yuqorida keltirilgan talablarga mosligi bo‘yicha ekspertizadan hamda antiplagiat dasturi asosida tekshiruvdan o‘tkaziladi. Ekspertlarning xulosasiga ko‘ra noloyiq deb topilgan materiallar chop etilmaydi va muallifga qaytarib berilmaydi. Ijobiy deb topilgan ilmiy maqola va tezislar, nashr uchun elektron to‘plamga kiritiladi. Ijobiy maqola mualliflari anjuman to‘plamini va sertifikatlarini http://conf.fdu.uz/web saytidan 2024-yilning 9-dekabrdan boshlab erkin tarzda olishlari mumkin. 

Maqola matnida keltirilgan ma’lumotlarning haqqoniyligiga muallif shaxsan javobgar hisoblanadi.

Anketa

1.       

Familiyasi

 

2.       

Ismi

 

3.       

Sharifi

 

4.       

Ish (o‘qish) joyi (to‘liq)

 

5.       

Egallab turgan lavozimi

 

6.       

Ilmiy darajasi

 

7.       

Ilmiy unvoni

 

8.       

Mobil telefon raqami

 

9.       

Elektron manzil (e-mail) yoki telegram bot

 

10.   

Maqolaning nomlanishi

 

11.   

Konferensiyada qatnashish shakli

 

12.   

Konferensiya mavzusi/sho„ba raqami

 

13.   

Foto 9x12 (elektoron shaklda format JPEG)