Jaholatga qarshi ma’rifat

5-oktabr 2024
Universitet yangiliklari

“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida Xorijiy tillar hamda Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti talabalari, Yoshlar bilan ishlash bo'limi tyutorlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. 

Tadbirda Falsafa va sotsiologiya kafedrasi o`qituvchisi R.Boymatov, dekan o`rinbosarlari A.Jo‘rayev hamda H.Murodovning ma’ruzalari tinglandi.

Jumladan, inson ma’naviyatiga bo‘ladigan tahdidlar, hozirgi glovallashuv davrida o‘zlikni asrash muammolari, yoshlar kamoloti haqida so‘z yuritildi.

Ta’kidlanganidek, ma’naviyat rivojlangandagina jamiyatda iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy barqarorlik vujudga keladi, mamlakat va millat taraqqiy etadi.