Qashqadaryoda test sinovlari boshlandi

Jarayonlar viloyatdagi 3 ta manzilda joylashgan 6 ta binoda bo‘lib o‘tmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun kun davomida 6 720 nafar abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etishi kutilmoqda.  Jumladan, test sinovlari o‘tkazilayotgan Qarshi davlat universiteti Sport sog‘lomlashtirish majmuasi 300 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, oliy ta’lim muassasasi tomonidan hozirlangan salqin kutish joylarida ota-onalar monitorlar orqali farzandlarini imtihonlardagi ishtirokini katta hayajon bilan kuzatishmoqda. Oliygoh volontyorlar jamoasi esa ota-onalarga test jarayonlari, imkoniyat va imtiyozlar haqida ma’lumotlar bermoqda.  Test sinovlari toʻliq videokuzatuv orqali translyatsiya qilinmoqda hamda jarayonni https://test2024.uz/Qashqadaryo/57 sayti orqali onlayn kuzatib borish imkoniyati yaratilgan.