"Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida "Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi

5-oktabr 2024
Universitet yangiliklari

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Qarshi davlat universiteti boshlang'ich tashkiloti tomonidan "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida "Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi. Bellashuvda fakultetlardan 15 ta jamoa ishtirok etib, o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishdi. 

Qiziqarli kechgan bahs yakunida umumiy ballar natijasiga ko'ra, Kimyo-biologiya fakultetining "Falcon" jamoasi 1-o'rinni, Tarix fakultetining "Uranus" va "Muborak" jamoalari tegishli ravishda 2-3-o'rinlarni  egallashdi. G'oliblar rag'batlantirildi.