Talaba-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish va uning profilaktikasi

5-oktabr 2024
Universitet yangiliklari

Tibbiyot fakultetida “Talaba-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish va uning profilaktikasi” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens-nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i X.Ismatov, profilaktika inspektori, katta leytenant D.Ro‘ziyeva, Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Ma’ruzachilar o‘z chiqishlarida yoshlarni buzg‘unchi va zararli g‘oyalar, jinoyatchilik, giyohvandlik, kibebjinoyatlar, korrupsiya holatlari, loqaydlik, ma’naviy qashshoqlik kayfiyatidan asrashimiz zarurligini ta’kidlab, qonunlarga itoatkor bo‘lishlari, ilm bilan halol mehnatlari bilan vatanimiz taraqqiyotiga o‘z hissalarini qo‘shishlari haqida tavsiyalarini berdilar.