Finalchi jamoalar nomi aniq bo'ldi

5-oktabr 2024
Universitet yangiliklari

Talabalar ligasi doirasida "Rektor kubogi" va “Besh tashabbus olimpiadasi”ning futbol bellashuvlarida finalchi jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi. Jumladan, kecha musobaqaning yarim final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. 

Natijalarga ko‘ra, Sport fakulteti jamoasi Tibbiyot fakulteti jamoasini 3-0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, Kimyo-biologiya fakulteti jamoasi 2-0 hisobi bilan Iqtisodiyot fakulteti jamoasidan ustun keldi. Final bahsi 7-oktyabr kuni o‘tkaziladi va unda Sport hamda Kimyo-biologiya fakultetlari jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi. 

G‘oliblik uchun universitet yashil maydonida kechadigan shiddatli final uchrashuviga barcha talaba-yoshlarni taklif qilamiz.