“Xorijiy tillar” fan olimpiadasining universitet bosqichi o’tkazildi

16-sentabr 2024
Universitet yangiliklari

Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iste’dodini ro‘yobga chiqarish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish uchun shart-sharoitlar yaratish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Ushbu olimpiada tanlovi ham iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlashning yangicha tizimi va qo‘shimcha imkoniyatlari desak mubolag‘a bo‘lmaydi, albatta.

Mazkur tanlovning universitet bosqichi ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi. Talabalar tomonidan ixtiyoriy variant savollari olindi va tayyorgarlik ko‘rishlari uchun vaqt ajratildi. Belgilangan vaqt tugaganidan so‘ng suhbat shaklida savol-javoblar o‘tkazilib, komissiya a’zolari tomonidan har bir talabaning natijasi ochiq va oshkoralik tamoyiliga asosan baholari o‘z o‘rnida belgilangan tartibda e’lon qilindi.

Mazkur tanlovning universitet bosqichida quyidagi talabalar g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi:

“Ingliz tili” fanidan:

1-o‘rin. Komilova Charos Ilhom qizi Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) yo‘nalishi 3-bosqich talabasi,

2-o‘rin. Yarasheva Fero‘zabonu Ravshan qizi Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) yo‘nalishi 3-bosqich talabasi,

3 -o‘rin. Rustamova Mohinur Xurshid qizi Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) yo‘nalishi 3-bosqich talabasi.

“Fransuz tili” fanidan: 

1-o‘rin. Ulug‘bek Rabbimov Tolib o‘g‘li Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish (fransuz tili) yo‘nalishi 4-bosqich talabasi,

2-o‘rin. Hasanova Aziza Akmal qizi Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish (fransuz tili) yo‘nalishi 3-bosqich talabasi,

3-o‘rin. Quvatova Ruxshona Yunus qizi Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish (fransuz tili) yo‘nalishi 3-bosqich talabasi.

“Nemis tili” fanidan: 

1-o‘rin. Dilinur Polvonova Alisherovna Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish (nemis tili) yo‘nalishi 3-bosqich talabasi,

2-o‘rin. Shavkatova Mohigul Raman qizi Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish (nemis tili) yo‘nalishi 4-bosqich talabasi,

3-o‘rin. Abdullayeva Munisa Quvondiqovna Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish (nemis tili) yo‘nalishi 4-bosqich talabasi.

Universitet bosqichida birinchi o‘rinni qo‘lga talabalar tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanma oldilar. Respublika bosqichi g’oliblari esa tegishli ravishda bazaviy stipendiyaning 5, 4, 3 baravari miqdorida pul mukoflari bilan taqdirlanadi hamda qonunchilikka muvofiq magistraturaga qabul qilinishi bo‘yicha tegishli oliy ta’lim muassasasiga tavsiya beriladi.