Universitetning 5 nafar talabasi “Viloyat hokimi stipendiyasi”ni qo‘lga kiritdi

13-sentabr 2024
Universitet yangiliklari

Qashqadaryo viloyati hokimi stipendiyasining 2024-yil viloyat bosqichi g’oliblari aniqlandi. Xabar berilganidek, “Qashqadaryo viloyati hokimi stipendiyasi” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tgan edi. Bugun viloyat ishchi guruhi tomonidan eng yuqori natijalarga erishgan 14 nafar g‘oliblar aniqlandi. Quvonarlisi, tanlov g‘oliblarning 5 nafari Qarshi davlat universiteti talabalari hisoblanadi. 

Xususan, Filologiya fakulteti talabalari Yusupova Madinaxon Isroil qizi, Usmonova Mohidil Laziz qizi, Sayimova Malika Laziz qizi, Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti talabasi Narzullayev Dilshod Almurod o‘g‘li va Iqtisodiyot fakulteti talabasi Muratov A’zam Alisher o‘g‘li g‘oliblar safida joriy  o‘quv yilining sentyabr oyidan iyun oyigacha har oy bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari miqdorida qo‘shimcha stipendiya bilan taqdirlanadi.