“Viloyat hokimi kubogi” uchun "Shaxmat turniri"ning universitet bosqichi o’tkazildi

13-sentabr 2024
Universitet yangiliklari

12-sentyabr kuni Qarshi davlat universitetida “Viloyat hokimi kubogi” uchun professor-o'qituvchilar va talabalar o'rtasida “Shaxmat turniri”ning universitet bosqichi o'tkazildi. 40 nafardan ortiq shaxmatchi professor-o'qituvchi va talabalar ishtirok etgan mazkur musobaqa 3 turda tashkil etildi. Yakuniy natijalarga ko’ra quyidagi professor-o'qituvchilar hamda talabalar viloyat bosqichiga yo’llanmani qo'lga kiritdilar. 

Professor-o‘qituvchilar (erkaklar)

T.Ostonov (San'atshunoslik fakulteti)

Professor-o‘qituvchilar (ayollar) 

Z.Amirova (Xorijiy tillar fakulteti)

Talabalar (o'g'il bolalar)

L.Ismoilov (Geografiya va agronomiya fakulteti) 

Talabalar (qizlar)

Z.Omonova (magistratura)