2024/2025-o‘quv yili uchun qo‘shma ta’lim dasturlariga kirish imtihonlari boshlandi

13-sentabr 2024
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universiteti Rossiya Federatsiyasining N.A.Dobrolyubov nomidagi Nijegorod  davlat lingvistika universiteti, Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti hamda Belarus Respublikasining  Minsk davlat lingvistika universiteti, Belarus milliy texnika universiteti, Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti bilan xalqaro hamkorlik asosida 2024/2025-o‘quv yili uchun qo‘shma ta’lim dasturlariga kirish imtihonlari 9-sentyabrdan boshlandi va 14-sentyabrgacha davom etadi.

Imtihonlar 7 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda 5 ta magistratura mutaxassisliklar bo’yicha Qarshi davlat universiteti komissiya a'zolari kuzatuvi asosida o‘tkazildi. Mazkur bakalavriat ta’lim yo’nalishlari va  magistratura mutaxassisliklariga jami 157 ta ariza qabul qilindi. 

Kirish sinovlarida lingvistika (ingliz tili) va (rus tili) magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 27 nafar, filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz va rus tillari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 18 nafar, davolash ishi va pediatriya bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 50 nafar talabgorlar birinch bosqich sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tdilar.