Ta'lim-tarbiya samaradorligini yanada oshirishda uzviy hamkorlik 

13-sentabr 2024
Universitet yangiliklari

11-sentyabr kuni Matematika va kompyuter ilmlari fakultetida "Universitet-talaba-ota-ona" tamoyili asosida "Ta'lim-tarbiya samaradorligini yanada oshirishda uzviy hamkorlik" mavzusida tadbir o‘tkazildi. 

Unda Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor O.Kuziyev, rektor maslahatchisi A.Jo‘rayev, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i X.Ismatov, profilaktika inspektori D.Ro‘ziyeva, fakultet dekani N.Eshqorayeva, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Jo‘rayev, Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari, 1-kurs talabalari va ularning ota-onalari, yaqinlari ishtirok etdi. 

Muloqotda mas'ullar tomonidan talabalar uchun oliy ta’lim muassasasida yaratilgan imkoniyatlar, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘tkaziladigan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ko‘rik-tanlovlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, talabalar turar joylari va ijarada yashaydigan talabalar bilan uzviy aloqa hamda  xavfsiz hudud – xavfsiz talaba tamoyili doirasida olib borilayotgan ishlar xususida ma'lumot berildi. Tadbir davomida mavzu bo‘yicha ota-onalardan ham fikr-mulohazalar tinglandi.