Universitetda "Xon atlas" festivali keng nishonlanmoqda 

11-sentabr 2024
Universitet yangiliklari

O‘zbek milliy matolari deganda ko‘z o‘ngimizda kamalak ranglarda tovlanuvchi atlas-u adraslar namoyon bo‘ladi. Azaliy qadriyatlarimizni o‘zida ifoda etgan ushbu go‘zal matolarda xalqimizning uzoq hamda shonli o‘tmishi, qadimiy an’analari, estetik dunyoqarashi va o‘ziga xos xususiyatlari mujassamdir.  

Bu borada yosh avlodni milliy qadriyat, an’ana va urf-odatlarimizga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash dolzarb vazifa hisoblanadi. Shu maqsadda joriy yilning 9-14-sentyabr kunlari Qarshi davlat universitetida “Xon atlas” festivali o‘tkazilmoqda.

Ushbu tadbirlarda universitetning ayol professor-o‘qituvchilari, xodimalari hamda talabalari xon atlasdan tikilgan milliy liboslarda faol ishtirok etishayotir.