Talabalar oshxonasi foydalanishga topshirildi

10-sentabr 2024
Universitet yangiliklari

Yangi o‘quv yilining dastlabki kunlarini Filologiya fakulteti 10-sonli talabalar turar joyida yashaydigan yoshlar quvonchli yangilik bilan qarshi oldilar.

Gap shundaki, universitet rahbariyatining say’-harakati bilan qisqa fursatlar ichida bunyod etilgan 60 o‘rinli oshxona foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan bugun tashkil etilgan ochilish marosimida so‘z olganlar zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan mazkur shinam oshxona talabalar ehtiyojini to‘liq qondirishini e’tirof etishdi.