Bunyodkorlik bilan tanishuv

28-Iyul 2024, 11:00
Universitet yangiliklari

Joriy yilning 25-iyul kuni Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.Abdurahmonov va viloyat hokimi M.Azimov Qarshi davlat universitetida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishishdi. Jumladan, yangi o‘quv yilida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilayotgan Turizm amaliyot markazi, Muqobil energiya manbalaridan foydalanish laboratoriyasi, 1000 o‘rinli o‘quv binosi hamda Tibbiyot fakulteti o‘quv laboratoriyalari ko‘zdan kechirildi. Mas’ullar bilan suhbat asnosida universitetda talaba-yoshlarning sifatli tahsil olishi uchun yaratilayotgan sharoitlar e’tirof etilib, zarur tavsiya va maslahatlar berildi.