Quvayt delegatsiyasi universitetga tashrif buyurdi

Bugun Qarshi davlat universitetiga Quvaytning “Gulf Care General Trade” kompaniyasi vakillari tashrif buyurdi. Dastlab mehmonlarga Qarshi davlat universiteti Tibbiyot fakulteti haqida ma’lumot berildi.  So‘ngra fakultetda sifatli tahsil uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.  Xususan, o‘quv laboratoriyalari, tibbiyotga oid adabiyotlar bilan jihozlangan shinam kutubxona va Inkubatsiya markazi Quvaytlik delegatsiya a’zolarida iliq taassurot qoldirdi. Uchrashuv davomida samarali hamkorlik xususida ham so‘z bordi.