Xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlari fakulteti bitiruvchilariga diplom topshirildi

Qarshi davlat universiteti bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan Moskva davlat lingvistika universiteti filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili yo‘nalishi bakalavrlari, Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti rus tili, tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi bakalavrlari, rus tili, ingliz tili va tarix yo‘nalishi magistrlari, Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universitetining amaliy matematika yo‘nalishi bakalavrlarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali marosimda jami 61 nafar bakalavrlar va 15 nafar magistrlarga ikki diplom topshirildi. Magistrlardan 4 nafari hamda bakalavrdan 4 nafari xamkor OTMlarning imtiyozli diplomlari bilan taqdirlandi. Qo‘shma ta’lim dasturlari hamkorligi doirasida bakalavrlardan 2 nafari Belgorod davlat milliy tadqiqot universitetiga Filologiya rus tili yo‘nalishiga magistraturasiga grant asosida hamda 5 nafari Grodno davlat universitetining amaliy matematika  mutaxassisligiga shartnoma asosida qabul qilindi.

Tadbirda Moskva davlat lingvistika universiteti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori G.V.Grachyov, MDH davlatlari tillari va madaniyatlari markazi direktori V.V.Konev, Belgorod milliy tadqiqot universiteti Xalqaro ta’lim dasturlari markazi direktori V.N.SHevchenko, Xorijiy  tillar fakulteti dekani A.A.Kolesnikov, Qarshi davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori I.Bekpulatov, Xalqaro ta’lim dasturlari fakultet dekani N.Azizova, Masofaviy ta’lim kafedra mudiri G.Erkayeva, dotsent S.Kenjayeva, o‘qituvchi S.Shodixonov, YE.Milovanova, bitiruvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdi. Tadbirda so‘z chiqqanlar universitetlar o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani kelajakda ko‘p muvaffaqiyatlar uchun asos bo‘lishini ta’kidlab, bitiruvchilarga omad tilashdi.