Mukofot muborak bo'lsin
5-Iyul 2024, 05:07
Universitet yangiliklari
O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Vasiylik Kengashi qarori bilan yillar davomida el-yurtga xizmati singgan, endilikda o‘zining boy hayotiy bilimi, yillar davomida orttirgan tajriba va hikmatlari bilan jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shayotgan keksa avlod vakillaridan bir guruhi “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Quvonarlisi, taqdirlanganlar orasida Qarshi davlat universiteti professor-o‘qituvchilaridan Irkayev Abdurahim Panjiyevich, Xayriddinov Botir Egamberdiyevich, Tashatov Allanazar Qarshiyevich va Erdonov Latif Nuraliyevich ham bor.
Mukofot muborak bo‘lsin aziz ustozlar!
Batafsil Nuroniy gazetasining 2024-yil 28-iyundagi maxsus sonida o‘qing.