"Yosh turizm elchilari uchrashuvi" bo’lib o’tdi. 

Joriy yilning 2-iyul kuni "Yosh turizm elchilari uchrashuvi" bo’lib o’tdi. Uchrashuv davomida yoshlar turizmi bilan bog’liq muammolarni o’rganish, viloyatda amalga oshirilishi lozim bo’lgan turizm loyihalari ustida ishlash hamda joriy yilning avgust oyida Qashqadaryo viloyatida o’tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro “Turizm quriltoyi”ning tashkiliy masalalari ko’rib chiqildi. 

Mazkur uchrashuv Qashqadaryo viloyati Turizm elchilari a’zolari, QarDU Turizm va marketing kafedrasi professor-o’qituvchilari va  talabalari hamda Respublika ishchi guruhi tomonidan tashkil etildi.