Universitet talabasi O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi bo'ldi 

Yoshlar kuni munosabati bilan O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi.  Anjuman doirasida Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yosh shoir Hasan Asrayevning “Ezgu niyat” nomli kitobi taqdimoti o‘tkazildi hamda bir qator yosh ijodkorlarga O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, xalq shoiri Sirojiddin Sayyid tomonidan Yozuvchilar uyushmasi aʼzolik guvohnomalari topshirildi. 

Quvonarlisi, ushbu yoshlar orasida Qarshi davlat universiteti Tarix fakulteti talabasi Elboy Qulmonov ham bor.

Talabamizning ijodiy parvozi bundanda yuksak bo‘lsin!