“Sport - sog‘lik garovi” shiori ostida musobaqa o‘tkazildi

26-Yanvar 2024, 12:23
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetida xotin-qizlarni ommaviy sportga jalb etish va ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida joriy yilning 26-yanvar kuni voleybol sport turi bo‘yicha musobaqa tashkil qilindi. “Sport - sog‘lik garovi” shiori ostida o‘tkazilgan musobaqada barcha fakultetlarning xotin-qiz professor-o‘qituvchilari hamda xo‘jalik bo‘limi ishchi-xodimalaridan iborat jamoalar bellashishdi.

Qizg‘in kurashlar ostida kechgan bahslar yakunida Pedagogika fakulteti jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Kimyo-biologiya fakulteti jamoasi ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Fizika fakulteti jamoasiga uchinchi o‘rin nasib etdi. G‘oliblarni universitet xodimlari va talabalari kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.Norov esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.