
Xitoydan navbatdagi xushxabar! Universitetning yana bir talabasi sovrindor bo‘ldi
31-Iyul 2023, 04:07
Universitet yangiliklari
Xitoyning Chendu shahrida davom etayotgan Butunjahon yozgi universiada o'yinlarida dzyudochilarimiz tomonidan ikkinchi medal qo'lga kiritildi.
Ahamiyatlisi, ushbu medalni mamlakatimiz terma jamoasiga - 81 kg vazn toifasidagi polvonimiz, Qarshi davlat universiteti Sport fakulteti 3-kurs talabasi Nurbek Murtazoyev taqdim etdi.
Nurbek oltin medal uchun kechgan kurashda Yaponiya vakili Xodjo Yoshitoga imkoniyatni boy berib qo'ydi va musobaqaning kumush medali bilan kifoyalandi.