
Talabamiz Osiyo ochiq kubogi g‘olibligini qo‘lga kiritdi
30-Iyul 2023, 08:01
Universitet yangiliklari
Poytaxtimizdagi “Alpomish” sport majmuasi mezbonlik qilayotgan dzyudo bo‘yicha Osiyo ochiq kubogida yoshlar o‘rtasidagi bellashuvlar qizg‘in davom etmoqda. Musobaqaning -52 kg vazn toifasida bo‘lib o‘tgan bellashuvlarida Qarshi davlat universiteti Sport fakulteti 2-bosqich talabasi Muhayyo Axmatova barcha raqibalari ustidan g‘alaba qozonib, yakunda oltin medal bilan taqdirlandi.
Talabalarimizning muvaffaqiyatlari bardavom bo‘lsin!