Universiada o‘yinlarining ilk medalini QarDU talabasi taqdim etdi
Ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasining Chendu shahrida XXXI yozgi butunjahon Universiada o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Universiada o‘yinlarida dunyoning 119 ta davlatidan 5100 nafardan ziyod talaba-sportchilar 18 ta sport turidagi 269 ta medallar jamlanmasi uchun bahs olib borayotir.
Mazkur musobaqalarda mamlakatimiz talaba-sportchilari 7 ta sport turida yurtimiz sharafini himoya qilmoqda. Taekvondo sport turidan 14 nafar, dzyudo 14, gimnastika 3, tennis 6, yengil atletika 7, ushu 5, qilichbozlik sport turida 20 nafar sportchimiz medallar uchun kurash olib borishi belgilangan.
Quvonarlisi, O‘zbekiston sport delegatsiyasiga Universiadaning ilk medalini Qarshi davlat universiteti Sport fakulteti 3-bosqich talabasi Kamoliddin Baxtiyorov taqdim etdi. -60 kilogramm vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Kamoliddin bronza medali uchun kechgan bellashuvda mo‘g‘ulistonlik Sumiyabazar Enxtayvandan ustun keldi.
Barakalla Kamoliddin! Biz sen bilan faxrlanamiz!