“MUNOZARA” KLUBI FAOLIYATINI BOSHLADI!

18-Sentabr 2026, 11:09
Universitet yangiliklari

O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Qarshi davlat universiteti boshlang‘ich tashkiloti qoshida “Munozara” klubi o‘z faoliyatini boshladi. Klub a’zolari uchun ilk seminar-trening mashg‘uloti tashkil etilib, unda talabalarning erkin fikrlash, o‘z fikrini asoslash, dalillar keltirish, jamoada ishlash hamda bahs-munozara olib borish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.