O‘zbek tili va adabiyotini targ‘ib etishga qaratilgan tadbir o‘tkazildi

18-Sentabr 2026, 11:08
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universiteti Tillar fakultetida o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganayotgan xorijlik hamda boshqa tilli ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti Farangiz Mahmudova tomonidan o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganish, milliy adabiy-madaniy meros bilan yaqindan tanishish hamda o‘zbek ijodkorlari asarlarini mutolaa qilishning ahamiyati haqida fikrlar bildirildi. Shuningdek, “O‘zbek alifbosiga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgarishlar” mavzusida ma’ruza qilinib, alifbo, yozuv va imlo me’yorlari, so‘zlarni to‘g‘ri yozish hamda talaffuz qilish masalalari tushuntirildi. Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar, she’riyatga qiziquvchi talabalar tomonidan she’rlardan namunalar o‘qildi.