Universitet talabalar turar joylarida qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari bo‘lib o‘tdi

18-Sentabr 2026, 11:07
Universitet yangiliklari

Tadbirlar ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari bilan boshlandi. Kechki payt esa talabalar uchun “Ogoh” o‘zbek kinosi namoyishi, “Zakovat” va “Munozara” intellektual o‘yinlari, Huquqiy profilaktik tadbirlari (targ‘ibot), sport musobaqalari tashkil etildi. Shuningdek, yotoqxonalarda yashovchi talabalar bilan universitet rahbariyati tomonidan tarbiyaviy mazmundagi uchrashuv va davra suhbatlari o‘tkazilib, unda yotoqxonalarda yashash tartibi, odob-axloq qoidalariga rioya qilish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish hamda turli tadbirlarda faol ishtirok etish masalalariga e’tibor qaratildi. Tadbirlar talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual, ma’naviy va jismoniy faolligini oshirishga xizmat qiladi.