QarDU talabalari — CISM I Jahon harbiy chorlovi musobaqasi g‘oliblari!
18-Sentabr 2026, 11:03
Universitet yangiliklari
Toshkentdagi Olimpiya shaharchasida kurash bo‘yicha Xalqaro harbiy sport kengashining (CISM) I Jahon harbiy chorlovi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. 10–15-sentyabr kunlari o‘tkazilayotgan mazkur musobaqada 15 dan ortiq davlatdan 120 nafardan ziyod harbiy sportchi ishtirok etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari terma jamoasi safida bahs olib borayotgan Qarshi davlat universiteti talabalari Kamoliddin Baxtiyorov va Muhlisa Turdiyeva muvaffaqiyatli ishtirok etib, oltin medallarni qo‘lga kiritishdi. Jumladan, Kamoliddin Baxtiyorov erkaklar o‘rtasida -60 kg, Muxlisa Turdiyeva esa ayollar o‘rtasida -70 kg vazn toifasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Talabalarimizni ushbu yuksak natija bilan muborakbod etamiz!