“Birinchi kurs maktabi” doirasida konsert dasturi bo‘lib o‘tdi

12-Sentabr 2026, 12:19
Universitet yangiliklari

“Birinchi kurs maktabi” tanishtiruv haftaligi doirasida viloyat musiqali drama teatrida Qarshi davlat universiteti 1-bosqich talabalari uchun mazmunli va ko‘tarinki ruhdagi konsert dasturi tashkil etildi. Konsert dasturida teatr ijodkorlari tomonidan “Amir Temur”, “Jadidlar” mavzusida sahna koʻrinishlari, “Arshin malalan” spektaklidan parchalar, shuningdek, dilbar kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Ushbu musiqiy va sahna chiqishlari tomoshabinlarga yuqori kayfiyat ulashdi. Bunday tadbirlar 1-bosqich talabalarining universitet hayotiga moslashishi, ularning ijodiy qobiliyatlarini namoyon etishi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi.