Talaba-qizlar bilan ochiq muloqot

12-Sentabr 2026, 12:18
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashi va Psixologik xizmat ko‘rsatish markazi rahbari Shohida Karamova tomonidan fakultetlarda talaba-qizlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Muloqotlar davomida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning sifatli ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, talaba-qizlarning odob-axloqi, muomala va kiyinish madaniyati, milliy qadriyatlarga hurmati, universitet ichki tartib-qoidalariga rioya qilishi hamda ta’lim jarayonida faol ishtirok etishi yuzasidan tavsiyalar berildi. Uchrashuvlarda talaba-qizlarni yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish, bilim va kasbiy salohiyatini oshirish hamda universitetning ijtimoiy-ma’naviy hayotida faol ishtirok etishga chorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.