Akademik P.K.Xabibullayev tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlandi

12-Sentabr 2026, 04:48
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetining Fizika-matematika fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida taniqli olim, yirik fan tashkilotchisi va siyosiy arbob, akademik P.K.Xabibullayev tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.  Tadbirda akademik P.K.Xabibullayevning mamlakatimiz ilm-fani rivojiga qo‘shgan hissasi, fizika fanining taraqqiyotidagi xizmatlari, ilmiy merosi hamda yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.  Shuningdek, olimning boy ilmiy merosini o‘rganish, uning hayoti va faoliyatini keng targ‘ib qilish hamda fizika ta’limi yo‘nalishida ilmiy izlanishlarni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.