OTMlarda yangi oʻquv yili boshlandi
Bugun yurtimizning barcha oliy ta’lim muassasalarida bo‘lgani kabi Qarshi davlat universitetida ham "Yagona Vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" g'oyasi ostida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi hamda yangi 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari, keng jamoatchilik vakillari, talaba-yoshlar, ularning ota-onalari va yaqinlari ishtirok etishdi. So‘zga chiqqanlar talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan yoshlarni samimiy tabriklab, oliy ta’lim muassasasida yaratilgan sharoit va imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tishdi. Ta’kidlanganidek, barqaror taraqqiyotning kelajagi bilimli, yetuk kadrlar qo‘lidadir. Tantanali marosimdan so‘ng esa birinchi bosqich talabalari uchun “Mustaqillik darslari” auditoriyalarda davom ettirildi.