QarDU talabalari xalqaro ekologiya qurultoyida ishtirok etdi
24-Avgust 2026, 04:47
Universitet yangiliklari
10–15-avgust kunlari Shahrisabz tumanidagi “Lochin” oromgohida “Yoshlar — kelajak bunyodkorlari” V Xalqaro Ekologiya Qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Qurultoyda O‘zbekistonning barcha hududlaridan hamda 8 ta xorijiy davlatdan faol yoshlar ishtirok etdi. Qarshi davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti talabalari Turizm va marketing kafedrasi o‘qituvchisi Quvonchbek Toshkentov hamrohligida Qashqadaryo delegatsiyasi tarkibida qatnashib, ekologiya, bilim va yetakchilikka oid tanlovlarda o‘zlarini sinab ko‘rdilar. Tanlovlar yakunida talabalarimiz faxrli o‘rinlarni egallab, maxsus sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.