Globallashuv sharoitida yoshlar ma’naviyati: dolzarb masalalar va yechimlar

19-Mart 2026, 11:54
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetida “Globallashuv sharoitida yoshlar ma’naviyati” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi. Mazkur anjuman zamonaviy global jarayonlar ta’sirida yoshlar ma’naviyatini mustahkamlash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda ularni zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish masalalariga bag‘ishlandi. Anjumanda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor I.Bekpulatov, rektor maslahatchisi A.Jo‘rayev, professor S.Choriyev, dotsent T.Qurbonov, shuningdek, Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari, professor-o‘qituvchilar hamda faol talaba-yoshlar ishtirok etdilar.Tadbir davomida so‘zga chiqqan ma’ruzachilar globalizatsiya sharoitida yoshlar ongida yuz berayotgan o‘zgarishlar, axborot xurujlari davrida ma’naviy immunitetni shakllantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib etishning dolzarb jihatlari haqida atroflicha fikr yuritdilar. Shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida muhim taklif va tavsiyalar ilgari surildi. Anjuman qizg‘in savol-javoblar, ochiq muloqot va fikr almashuvlar ruhida o‘tib, ishtirokchilar uchun mazmunli va manfaatli bo‘ldi. Tadbir yakunida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan bunday ilmiy-amaliy anjumanlarni muntazam tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.