Xotin-qizlar farovonligi – jamiyat taraqqiyoti garovi
Qarshi davlat universitetida xotin-qizlar farovonligini ta’minlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda universitet Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Sh.Karamova, Qarshi shahar “Oqila ayollar harakati” rahbari, xalqaro toifadagi psixolog M.Berdiyeva,Qarshi shahar imom xatibining xotin-qizlar masalalari boʻyicha o'rinbosari O.Zikirova, oliy toifali shifokor M.Norqulova, Qarshi shahar IIB katta inspektori N.Maqsadova, shuningdek, Tibbiyot, Kimyo-biologiya hamda Geografiya va agronomiya fakultetlarning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari, professor-o‘qituvchilar va talaba qizlar ishtirok etdi.Tadbir davomida erta nikoh va tug‘ruqning salbiy oqibatlari, qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning tibbiy va ijtimoiy jihatlari hamda huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan muhim tavsiyalar berildi. Yakunda bunday uchrashuvlar yoshlar ongida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.