Yoshlar orasida psixofaol moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish ishlarini tashkil etish mexanizmlari

5-Fevral 2026, 04:34
Universitet yangiliklari

Matematika va kompyuter ilmlari hamda Kimyo-biologiya fakultetlarida yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalarning tarqalishiga qarshi kurashish, narkojinoyatlarning barvaqt oldini olish masalalariga bag‘ishlab profilaktik tadbirlar tashkil etildi. Tadbirda universitet rektorining Ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish bo‘yicha maslahatchisi A.Jo'rayev, profilaktika inspektori M.Jabbarov, fakultetlar rahbariyati, Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan davlatimiz rahbarining 2025-yil 3-noyabrdagi PF–207-sonli “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi, psixofaol moddalar, giyohvandlik va psixotrop vositalarning inson salomatligi va jamiyat hayotiga salbiy ta’siri, ularning huquqiy oqibatlari, shuningdek, bunday illatlarning oldini olishda yoshlarning mas’uliyati haqida atroflicha tushuntirishlar berildi. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, zararli odatlarga qarshi immunitetni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, tadbirlar doirasida Davlat xavfsizligi xizmati tomonidan tayyorlangan tezkor tadbirlar lavhalari va “E’tirof” filmi namoyish etildi. Mazkur profilaktik tadbirlar yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qiladi.