Davlat xizmatida boshqaruv samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi

5-Fevral 2026, 04:26
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universiteti Falsafa va sotsiologiya kafedrasi dotsenti Tohir Qurbonov Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida ma’naviyat-ma’rifat darsi doirasida o‘tkazilgan “Davlat xizmatida boshqaruv samaradorligi” mavzusidagi tadbirda ishtirok etib, ma’ruza qildi. Ma’ruzada Yangi O‘zbekistonda davlat boshqaruvida byurokratiyani qisqartirish, davlat organlari faoliyatini raqamlashtirish orqali korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish hamda davlat xizmatlarini soddalashtirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar haqida so‘z yuritildi. Aholi va tadbirkorlarga “xalq xizmatidagi davlat” tamoyili asosida xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgani alohida ta’kidlandi. Shuningdek, davlat xizmatchilarining bilim va salohiyati davlat apparatiga bo‘lgan jamoatchilik ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga aniq faktlar asosida atroflicha javoblar berildi.