CTEAM yo‘nalishlari bo‘yicha maktablarga tashrif
21-Yanvar 2026, 11:55
Universitet yangiliklari
Qarshi davlat universiteti Inkubatsiya markazi xodimlari tomonidan Nishon tumanidagi 1- va 7-umumta’lim maktablariga CTEAM yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy tashrif tashkil etildi. Tashrif davomida o‘quvchilar va pedagoglarga CTEAM ta’lim modeli hamda uning zamonaviy ta’limdagi ahamiyati haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, maktablarda IT yo‘nalishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishilib, kasbga yo‘naltirish, raqamli savodxonlik va dasturlashga qiziqishni oshirish masalalari muhokama qilindi. Tashrif yakunida CTEAM yo‘nalishlarini yanada rivojlantirish, xususan qizlarning kasb-hunar va IT sohalariga keng jalb etilishi bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.