Adolatli jamiyat barpo etishning strategik asosi
Davlat rahbarining Oliy Majlis va O’zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mamlakat siyosati, iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotida strategik yo‘nalishlarni belgilash bilan birga, huquqiy tizimni rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalarni ham ochib beradi. 2026-yilga mo‘ljallangan Murojaatnomada huquqiy sohadagi islohotlar bir necha asosiy yo‘nalishlarda ko‘rsatib o‘tilgan: davlat boshqaruvi va sud-huquq tizimini raqamlashtirish, korrupsiya va mansabni suiiste’mol qilishga qarshi kurash, fuqarolarning huquqiy himoyasini mustahkamlash, shaffoflikni ta’minlash va konstitutsiyaviy prinsiplarni rivojlantirish.
Murojaatnoma parlamentning huquqiy roli va vakolatlarini kengaytirishga katta e’tibor qaratadi.
Bu tashabbuslar qonun ustuvorligi, davlat vakolatlarini muvozanatlash va korrupsiyani oldini olish tamoyillariga xizmat qiladi. Shuningdek, bu parlament nazoratining samaradorligini oshirib, davlat boshqaruvi jarayonida fuqarolar manfaatlarini himoya qilishga imkon yaratadi.
· Elektron hukumat platformasi yangilanadi, unda barcha davlat xizmatlari, vazifalari va axborot tizimlari integratsiya qilinadi. Sun’iy intellekt yordamida murojaatlar taqsimlanadi va ijro muddati nazorat qilinadi.
· Davlat xizmatlari inson omilisiz amalga oshiriladi, bu esa korrupsiya va byurokratiya xavfini kamaytiradi.
Huquqiy nuqtai nazardan, bu islohotlar:
1. Davlat xizmatlarini fuqarolarga yaqinlashtiradi.
2. Qonun ustuvorligi va shaffoflikni oshiradi.
3. Fuqarolarning huquqiy kafolatlarini kuchaytiradi.
Murojaatnomada sud tizimi va jinoyat protsessi bo‘yicha bir qator huquqiy yangiliklar ko‘rsatib o‘tilgan:
Raqamli sud konsepsiyasi
· Tergovdan tortib sudgacha bo‘lgan jarayonlar raqamlashtiriladi.
· Sun’iy intellekt orqali arizalar qabul qilinadi, ishlar sudga o‘tkaziladi va ijro nazorat qilinadi.
Bu sud jarayonlaridagi shaffoflik, adolatlilik va fuqarolarning huquqiy himoyasini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Tergov sudyalari vakolatlari
· 2026-yildan tergov sudyalariga sanksiya va majburlov choralarini o‘zgartirish hamda bekor qilish vakolatlari beriladi.
· Bu fuqarolarning inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishni kuchaytiradi, jinoyat ishlarida noqonuniy majburlovning oldini oladi.
Jamoatchilik ishtiroki
· “Xalq vakillari hay’ati” instituti og‘ir jinoyatlar bo‘yicha sud ishlariga jamoatchilik vakillari ishtirokini ta’minlaydi.
· Bu huquqiy mexanizm sud qarorlarining adolatli bo‘lishi, shaffoflik va jamoatchilik nazoratini oshiradi.
Majburiy ijro jarayonlari
· Sun’iy intellekt yordamida ijro harakatlarining 30% inson omilisiz amalga oshiriladi.
· Bu qonuniy bajariladigan huquqiy mexanizm bo‘lib, fuqarolar va tadbirkorlar huquqlarining tiklanishini ta’minlaydi.
. Korrupsiya va komplayens tizimi
· Barcha idoralarda komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat lavozimi joriy etiladi.
· Hisob palatasi va Prezident Administratsiyasi Komplayens xizmati tizimdagi nopok shaxslarni aniqlash va byudjet mablag‘larini suiiste’mol qilishning oldini olishga javob beradi.
Huquqiy nuqtai nazardan, bu:
1. Mansab egalari va xizmatchilarning qonuniy javobgarligini oshiradi.
2. Qonun oldida tenglikni ta’minlaydi.
3. Davlat resurslarini himoya qiladi va korrupsiya xavfini kamaytiradi.
Fuqarolarning huquqiy himoyasi
· Oilaviy zo‘ravonlik va giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlarni aniqlash va ularga qarshi kurash sud-huquq tizimi bilan bog‘liq.
· Raqamli tergov va sud jarayonlari fuqarolarning huquqlarini himoya qiladi.
· Majburiy ijro jarayonlari va “xalq vakillari hay’ati” institutlari fuqarolar huquqlarining amalga oshirilishini kafolatlaydi.
Bu huquqiy mexanizm, shuningdek, ijtimoiy adolat va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Prezident murojaatnomasidagi huquqiy islohotlar:
1. Davlat boshqaruvi va parlament nazoratini huquqiy asosda mustahkamlash.
2. Sud tizimini xalq bilan yaqinlashtirish va raqamlashtirish orqali adolatli sudlovni ta’minlash.
3. Korrupsiya va mansabni suiiste’mol qilishga qarshi samarali mexanizmlarni joriy etish.
4. Fuqarolarning huquqiy himoyasini kuchaytirish, xususan oilaviy zo‘ravonlik va giyohvandlikka qarshi kurash.
Umuman olganda, murojaatnoma O‘zbekistonning huquqiy davlat sifatida rivojlanishi, qonun ustuvorligi va fuqarolarning ishonchini oshirishga qaratilgan strategik hujjat sifatida e’tirof etiladi.
Qarshi davlat universiteti professori Abdurahmon Yakubov