“Kitoblar karvoni” Qarshi davlat universitetida

21-Yanvar 2026, 12:00
Universitet yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabrdagi kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish, kitobxonlik va mutolaa madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan qarori ijrosi doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tashabbusi bilan “Kitoblar karvoni” loyihasi amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyat bo‘limi hamda Qarshi davlat universiteti hamkorligida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda viloyat bo‘limi rahbari G‘ulom Abdiyev, mutaxassislar Gulchehra Amirqulova va Elboy Qulmonov, shuningdek, Qarshi davlat universitetining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Oybek Kuziyev so‘zga chiqib, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr bildirdilar. Tadbir davomida universitetning ijodkor talabalari o‘z ijod namunalarini taqdim etdilar. Yakunda universitet kutubxonasiga 150 dona turli nomdagi badiiy adabiyotlar tuhfa qilindi.