Qashqadaryoning qadimiy shaharlari haqidagi muhim kitob taqdimoti o‘tkazildi
Qarshi davlat universitetida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi tashabbusi bilan tarix fanlari doktori, arxeolog olim Abdisabur Raimqulovning “Qashqadaryo vohasining VIII–XIV asrlar davri shaharlari va tarixiy topografiyasi” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda professor-o‘qituvchilar, tarix ixlosmandlari, keng jamoatchilik vakillari hamda talabalar ishtirok etdilar. Monografiyada o‘rta asrlarda Qashqadaryo vohasida faoliyat ko‘rsatgan 30 ga yaqin shaharning shakllanishi, rivoji, tarixiy-geografik o‘rni hamda Buyuk Ipak yo‘li bilan bog‘liq jihatlari ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Taqdimotda soha mutaxassislari tomonidan mavzuga oid ma’ruzalar qilinib, ishtirokchilarga kitob nusxalari tarqatildi.