Shaxmat bo‘yicha universitet birinchiligi o‘tkazildi
Qarshi davlat universiteti talaba-yoshlari o‘rtasida “Talaba – ertangi strategik lider” shiori ostida shaxmat sport turi bo‘yicha universitet birinchiligi tashkil etildi. (https://t.me/qarduuz/31929) Mazkur musobaqa yoshlar orasida strategik fikrlashni rivojlantirish, intellektual salohiyatni oshirish hamda shaxmat sportini keng targ‘ib etish maqsadida o‘tkazildi.
Qizg‘in va murosasiz bahslar ruhida kechgan aql bellashuvi yakunlariga ko‘ra quyidagi natijalar qayd etildi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
1-o‘rin — A’zamjon Xayrullayev (Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti)
2-o‘rin — Lochin Ismoilov (Geografiya va agronomiya fakulteti)
3-o‘rin — Asilbek Sobirov (Tibbiyot fakulteti)
Qizlar o‘rtasida:
1-o‘rin — E’zoza Abdusobirova (Xorijiy tillar fakulteti)
2-o‘rin — Nafisa Ergasheva (Xorijiy tillar fakulteti)
3-o‘rin — Baxtiniso Xolmuradova (Kimyo-biologiya fakulteti)
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar darajali diplomlar bilan taqdirlandilar.