“Sport va milliy o‘yinlar” festivali o‘tkazildi

14-Aprel 2025, 05:14
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, milliy qadriyatlarni targ‘ib etish va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida “Sport va milliy o‘yinlar” festivali tashkil etildi. Ushbu festival doirasida universitetning barcha fakultetlari ishtirokida kurash, tosh ko‘tarish, lanka, tuyakashlar va boshqa an’anaviy sport turlari bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Qizg‘in tarzda o‘tgan bellashuvlarda talabalar o‘zlarining jismoniy imkoniyatlari, chaqqonlik va matonatlarini namoyon etishdi. Musobaqalar yakunida har bir sport turi bo‘yicha g‘olib va faol ishtirokchilar aniqlanib, taqdirlandilar. Festival talabalar o‘rtasida do‘stlik, jipslik va sog‘lom raqobat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Shu bilan birga, milliy o‘yinlar va sport turlarini ommalashtirishga keng imkoniyat yaratdi.