Biotexnologiya yo‘nalishi bitiruvchi talabalari amaliyotda

14-Aprel 2025, 05:08
Universitet yangiliklari

Kimyo-biologiya fakulteti Biotexnologiya yo‘nalishi 4-bosqich talabalari hozirda Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi o‘qituvchisi S.Salomova rahbarligida bitiruv oldi amaliyotini o‘tamoqda. Amaliyot jarayoni viloyatimizdagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi, Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshqarmasi, Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti, Agrokimyohimoya aksiyadorlik jamiyati va boshqa tegishli laboratoriya va korxonalarda tashkil etilgan. Talabalarga malakali mutaxassislar biriktirilgan bo‘lib, amaliy mashg‘ulotlar, seminarlar va ko‘rgazmali chiqishlar orqali ularning kasbiy ko‘nikmalari mustahkamlanmoqda.