"Qadriyatlar beshigisan ona yurtim!" mavzusida o‘tkazilgan videoroliklar tanlovi g‘oliblari aniqlandi

14-Aprel 2025, 04:57
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universiteti talaba-yoshlari o‘rtasida "Qadriyatlar beshigisan ona yurtim!" mavzusida o‘tkazilgan videoroliklar tanlovi g‘oliblari aniqlandi. Ijodiy yondashuv bilan tayyorlangan, mavzuni to‘liq ochib beruvchi va ikki daqiqadan oshmagan videoroliklar muvaffaqiyatli deb topildi.

Natijalar quyidagicha, 
I - o'rin - Muslima Orakbayeva (Fizika fakulteti talabasi),
II - o'rin - Durdona Aliyeva (San'atshunoslik fakulteti talabasi), 
III - o'rin - Xolida Pirboyeva (Xorijiy tilar fakulteti talabasi).

G'oliblar tegishli ravishda 2 mln, 1,5 mln va 1 mln so'm miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.